«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


Prezident 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashadi
28 iyun 2021, 11:26 2

Prezident 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashadi. 29 iyun kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, 1 iyul kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev prezidentga: «Biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz»
27 iyun 2021, 13:02

Jahongir Ortiqxo‘jayev prezidentga: «Biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz»

Shavkat Mirziyoyev Toshkent hokimidan mahallalarni obodonlashtirish ishlarining sustkashligi sabablarini so‘radi. «To‘g‘risini aytsam, biz siz qo‘yayotgan talab darajasida ishlashga ulgurmay qolyapmiz», dedi Jaxongir Ortiqxo‘jayev va barcha masalalarni 1 oktyabrga qadar hal qilishga va’da berdi. Prezident shoshqaloqlikdan qochish va ish sifatiga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

«40 mlrd so‘mga alohida podstansiya xarid qilamiz» — prezident metrodagi muammolar yechimi haqida
26 iyun 2021, 17:23

«40 mlrd so‘mga alohida podstansiya xarid qilamiz» — prezident metrodagi muammolar yechimi haqida

Shavkat Mirziyoyev metropoliten alohida energiya tizimiga ega bo‘lishini ma’lum qildi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, metroda tez-tez uchraydigan nosozliklarni bartaraf etish uchun qiymati 40 milliard so‘m bo‘lgan alohida podstansiya sotib olinmoqda.

Prezident Toshkent shahrida yangi oqava suv tozalash inshootini qurishni taklif qildi
26 iyun 2021, 15:06

Prezident Toshkent shahrida yangi oqava suv tozalash inshootini qurishni taklif qildi

Yangihayot, Sergeli va Bektemir tumanlarida chiqindi suvlarni tozalash uchun prezident yangi oqava suv tozalash inshootini qurishni taklif qildi. Ushbu hududlarda yashovchilar bir necha oydan beri yoqimsiz hiddan shikoyat qilmoqdalar.

O‘zbekiston mebel mahsulotlari bozori 2,5 mlrd dollarga teng — Shavkat Mirziyoyev
25 iyun 2021, 00:42

O‘zbekiston mebel mahsulotlari bozori 2,5 mlrd dollarga teng — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti videoselektorda qo‘shnilarni hisobga olganda, mamlakat mebel mahsulotlari bozori 2,5 mlrd dollarga tengligini ta’kidladi. Shu bois, 15 ta hududda klaster shaklidagi mebelchilik kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Qolaversa, yana 10 ta hududda charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha KSZlar yaratilishi aytildi. «Har bir dollar davlatimizga foyda keltirishi kerak», — dedi u.

Prezident shu hafta poytaxtda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishadi
21 iyun 2021, 11:34

Prezident shu hafta poytaxtda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev ertaga mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. 23 iyun kuni Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, ushbu haftada tarmoq va hududlarda investitsiya loyihalari ijrosi hamda mahalliy sanoat loyihalarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor ham rejaga kiritilgan.

«Bu ham go‘zallik, ham daromad, ham ma’rifat» — prezident «Andijon gullar bog‘i» haqida
18 iyun 2021, 17:34

«Bu ham go‘zallik, ham daromad, ham ma’rifat» — prezident «Andijon gullar bog‘i» haqida

Shavkat Mirziyoyev Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi hamda Andijon tumanidagi «Andijon gullar bog‘i»ni borib ko‘rdi. «Bunday bog‘larni har bir tumanda tashkil etib, ayollarga gul yetishtirishni o‘rgatish kerak. Bu orqali «ayollar daftari»ga kirgan xotin-qizlarni ishli, daromadli qilish mumkin», — dedi davlat rahbari.

Yangi Andijon va Andijon shahri o‘rtasida yer usti metrosi qurilishi mumkin
18 iyun 2021, 14:32

Yangi Andijon va Andijon shahri o‘rtasida yer usti metrosi qurilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 1 martdan boshlab Andijon shahri tarkibida «Yangi Andijon» tumani tashkil etilishini ma’lum qildi. «Yangi Andijonda „Damas“ bo‘lmaydi. U yerda yer usti yoki yer osti metrosini qurish bo‘yicha hisob-kitoblar qilinadi. Ma’qulini quramiz», — dedi davlat rahbari. Yangi Andijon loyihasining kommunikatsiya tarmoqlarini qurishni boshlash uchun 100 mln dollar ajratiladi.

Andijon iqtisodiy kompleksdagi 5700 nafar xodimning barchasi ishdan bo‘shatildi, ularga 3 oy sinov muddati berildi
18 iyun 2021, 11:49

Andijon iqtisodiy kompleksdagi 5700 nafar xodimning barchasi ishdan bo‘shatildi, ularga 3 oy sinov muddati berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida iqtisodiy kompleksda ishlovchi 5700 nafar xodimning barchasi ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi. «Ularga 3 oy sinov muddati beriladi, agar aravani torta olsa, ishga tiklanadi, oyligini ham beramiz, kerak bo‘lsa mukofot ham beramiz», — deya qo‘shimcha qiladi prezident.

Prezident izboskanlik tadbirkor ayolga «Mehnat shuhrati» ordenini topshirdi
18 iyun 2021, 11:44

Prezident izboskanlik tadbirkor ayolga «Mehnat shuhrati» ordenini topshirdi

Shavkat Mirziyoyev Andijonlik tadbirkor ayol, Umida Usmonovani «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotladi. Shuningdek, unga «Mikrokreditbank» tomonidan 5 mlrd so‘m foizsiz kredit ajratilishi bo‘yicha topshiriq berildi. Prezident tadbirkor ayol bilan 17 iyun kuni Urganji mahallasida uchrashib, uni mukofotlashini aytgan edi.

«Yuzga kirguncha yurtboshi bo‘ling» — andijonlik onaxon prezidentni duo qildi
17 iyun 2021, 18:13

«Yuzga kirguncha yurtboshi bo‘ling» — andijonlik onaxon prezidentni duo qildi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Izboskan tumanidagi Urganji mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi. Davlat rahbari Qurbonali O‘rinboyev xonadonida bo‘ldi. Mazkur xonadon egasining onasi Sanobar aya O‘rinboyeva prezidentni duo qildi.

«Rektorning dunyoqarashi viloyat, shahar hokiminikidan baland bo‘lishi kerak» — prezident
16 iyun 2021, 19:12

«Rektorning dunyoqarashi viloyat, shahar hokiminikidan baland bo‘lishi kerak» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan oliy ta’limga bag‘ishlangan videoselektorda rektorning dunyoqarashi viloyat, shahar hokiminikidan baland bo‘lishi kerakligini ta’kidlandi. «Sifat bilan shug‘ullanmagan, „talaba uchun men nima bera olaman“, degan savolga javobi bo‘lmagan rektorning kelajagi yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi prezident. Shuningdek, davlat rahbari yaqin-yaqingacha davlat oliygohlari monopoliya bo‘lganiga ham e’tibor qaratdi.

Shavkat Mirziyoyev BAA delegatsiyasini qabul qildi
15 iyun 2021, 19:10

Shavkat Mirziyoyev BAA delegatsiyasini qabul qildi

Prezident BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Amirliklarning davlat boshqaruvi tajribasi bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Qolaversa, delegatsiya tomonidan Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha yangi loyiha taklifi bildirilgan.

Al-Xorazmiyning yangi haykali Urganchda o‘rnatiladi
15 iyun 2021, 13:22

Al-Xorazmiyning yangi haykali Urganchda o‘rnatiladi

Urganch shahrida al-Xorazmiyning yangi haykalini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Prezident yodgorlikning variantlari va uni o‘rnatish rejalashtirilgan joyga oid taqdimot bilan tanishdi. Ulardan biri Jaloliddin Manguberdi haykali joylashgan hudud hisoblanadi.

O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibi soddalashtirildi
15 iyun 2021, 11:53 1

O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibi soddalashtirildi

Prezident O‘zbekiston fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunni imzoladi. 2005 yilgacha mamlakatga kelgan, shuningdek, mamlakatda 15 yildan beri muqim istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari deb tan olinishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev hafta oxirida Andijonga boradi
14 iyun 2021, 11:24

Shavkat Mirziyoyev hafta oxirida Andijonga boradi

Prezidnet shu hafta oliy ta’lim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Davlat rahbari 17−18 iyun kunlari Andijon viloyatiga boradi.

«Shavkat Mirziyoyev yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining tashabbuskori va arxitektori» — Tojikiston prezidenti
11 iyun 2021, 15:26

«Shavkat Mirziyoyev yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining tashabbuskori va arxitektori» — Tojikiston prezidenti

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Xo‘jand yaqinidagi «Arbob» madaniyat saroyida So‘g‘d viloyati ziyolilari va nuroniylari bilan uchrashdi. «Davlatlarimiz o‘rtasida hal bo‘lmagan masala qolmadi, o‘zaro ishonch paydo bo‘ldi. Bunday munosabatlarning tashabbuskori va arxitektori Shavkat Mirziyoyev», — dedi Emomali Rahmon.

Shavkat Mirziyoyev birinchi darajali «Zarrintoj» ordeni bilan mukofotlandi — video
10 iyun 2021, 23:29

Shavkat Mirziyoyev birinchi darajali «Zarrintoj» ordeni bilan mukofotlandi — video

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifining birinchi kuni yakunida, Tojikistonning yuksak mukofoti — I darajali «Zarrintoj» ordeni bilan mukofotlandi. Ordenni unga hamkasbi Emomali Rahmon topshirdi.

O‘zbekiston Xatlonda shifoxona, Tojikiston esa Samarqandda maktab qurib berdi
10 iyun 2021, 19:37

O‘zbekiston Xatlonda shifoxona, Tojikiston esa Samarqandda maktab qurib berdi

O‘zbekiston Xatlon viloyatida 250 o‘rinli zamonaviy shifoxona, Tojikiston esa Samarqand viloyatida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab qurib berdi. Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida hamkasbi Emomali Rahmon bilan ramziy tugmani bosib, ularning faoliyatiga start berdi.

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida ikkita GES qurish bo‘yicha bitimni imzoladi
10 iyun 2021, 18:22

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida ikkita GES qurish bo‘yicha bitimni imzoladi

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida ikkita GES qurish loyihasi bo‘yicha qo‘shma aksiyadorlik jamiyati tashkil etish to‘g‘risida, qolaversa, o‘zbek-tojik investitsiya kompaniyasi tashkil etish, sanoat va yangi texnologiyalar sohasida, tog‘-kon sanoatida hamkorlik to‘g‘risida jami 35 ta hujjatni imzoladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting